NATO bosh kotibi koronavirusga chalindi
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda tashkilot vakili Oana Lungesku xabar berdi.
Stoltenberg topshirgan kovid-test musbat chiqdi. Kasali yengil kechyapti va masofada ishlashga o‘tgan.
Lungeskuning ta’kidlashicha, Stoltenberg kovidga qarshi to‘liq emlangan, qolaversa, buster dozani qabul qilgandi.
Avvalroq AQSh davlat kotibi Entoni Blinken, taniqli milliarder Bill Geyts koronavirus bilan kasallangani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter