Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NASAdan sensatsiya: Oyning Quyosh bilan yoritiladigan tomonida suv borligi tasdiqlandi

NASAdan sensatsiya: Oyning Quyosh bilan yoritiladigan tomonida suv borligi tasdiqlandi

Foto: «Liveinternet.ru»

AQSh milliy aeronavtika va fazo ma’muriyati (NASA) mutaxassislari Oyning Quyosh bilan yoritiladigan tomonida suv borligini tasdiqladi. Bu haqda «Nature Astronomy» xabar berdi.

«Oyning Quyosh bilan yoritiladigan tomonida suv borligi ilk bor tasdiqlandi», — dedi NASAning astrofizika bo‘limi direktori Pol Xerts.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, kashfiyot «Boeing» kompaniyasi samolyot bazasida infraqizil astronomiya rasadxonasi yordamida amalga oshirildi. Faqat ushbu suvdan «manba sifatida» foydalanish mumkin yoki yo‘qligi hali noma’lum.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring