«NASA» Marsga vertolyot jo‘natishga qaror qildi
«NASA» 2020-yilda Marsga sayyorani o‘rganish uchun vertolyotni jo‘natishni rejalashtirmoqda. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar qilmoqda.
«Boshqa sayyoraga uchadigan vertolyot g‘oyasi, ya’ni «Mars Helicopter» apparati — Marsdagi juda ko‘plab izlanishlar, kashfiyotlar va ilm-fan rivojini ta’minlaydi», — degan «NASA» boshlig‘i Jim Bridensin.
Ta’kidlanishicha, ushbu minivertolyot bir sayyoradan ikkinchi sayyoraga boradigan ilk uchuvchi jism bo‘ladi.
Apparat 2020-yilda uchirilib, 2021-yil fevralgacha Marsga yetib boradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter