Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«NASA»: Kosmik muz davri boshlanmoqda

«NASA»: Kosmik muz davri boshlanmoqda

Foto: «Planetanovosti.com»

«NASA» yangi iqlim tadqiqoti hisobotini ommaga e’lon qildi. Unga ko‘ra, XVIII asrda kuzatilgan «Kichik muzlik davri» yana takrorlanishi mumkin. Bu haqda «Sabah.com» xabar bermoqda.

Mutaxassislar Quyoshning tashqi qatlamida yuzaga kelgan dog‘larni hamda atmosferani tadqiq etishdi. Natijalarga ko‘ra, atmosferada havo harorati tushib ketgan va shu sababli u toraygan, Quyosh dog‘lari esa yuzaga kelmagan. Bu esa iqlim o‘zgarishlariga olib keladi.

Aytilishicha, bunday voqea oxirgi marta XVIII asrda kuzatilgan va bu voqea «Kichik muzlik davri» deya ta’riflangan.

Shunday ekan, yaqin muddatda sayyoramizda juda qattiq sovuq kuzatilishi taxmin qilinmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring