Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Narkobaron qizi niqobi ostida turmadan qochishga urindi

Narkobaron qizi niqobi ostida turmadan qochishga urindi

Skrinshot

Rio-de-Janeyroda mahalliy narkobaron qizi niqobi ostida turmadan qochishga urindi. Bu haqda «Associated Press» xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Klauvino da Silva o‘sha kuni uni ko‘rishga kelgan 19 yoshli qizi ko‘rinishiga kirishga uringan: bunda silikon niqob, yasama soch va qizining pushti kiyimidan foydalangan. «Qizaloq»ning haddan tashqari asabiy xatti-harakati tufayli qochish rejasi barbod bo‘lgan. Qizning o‘zi esa, rejaga ko‘ra, penitensiar mahkamada qolishi kerak edi.


Mavzuga oid: Eng ko‘p narkotik modda iste’mol qiluvchi mamlakat qaysi?


Da Silva Braziliyada giyohvand moddalar tarqatish bo‘yicha eng yirik tarmoqlardan biri sanalgan «Qizil guruh» jinoiy tashkilotining a’zosi hisoblanadi. Qizig‘i, bu mazkur guruh a’zolarining boshqa odam qiyofasida qochishga bo‘lgan birinchi urinishi emas. 2015-yilda giyohvand moddalar savdosi tufayli 36 yilga «kesilgan» Antonio Felipe keksa ayol niqobi va yasama sochida soqchilarni aldab o‘tishga uringan.

Videoga havola.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring