Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namibiya insoniyatga qarshi eng og‘ir jinoyat uchun pul talab qilmoqda

Namibiya insoniyatga qarshi eng og‘ir jinoyat uchun pul talab qilmoqda

Foto: «Newsae.ru»

Namibiya Germaniyadan genotsid uchun tovon puli talab qilmoqda, ammo Berlin bu borada aniq bir (miqdori to‘g‘risida) qaror qabul qilmagan. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.

Gap Namibiyaning Germaniya mustamlakasi bo‘lgan paytlarda yuz bergan hodisalar haqida bormoqda. Markaziy hokimiyat o‘shanda mahalliy aholini ko‘p o‘ldirgan yoki ularni konslagerlarga haydagan. Berlin olti yil avval sodir bo‘lgan bu voqeani genotsid sifatida tan olgan, ammo tovon puli to‘lamagan.

Afrikaliklar Germaniya tomon nafaqat hukumat, balki Amerika sudlarida pul undirishga urinib ko‘rgan qabila sardorlari bilan ham muzokara o‘tkazishi kerak, deb hisoblashadi. Namibiya qabilalari vakillaridan ayrimlari mamlakat hukumati o‘z loyihalariga homiylik qilish uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘lga kiritmoqchi degan fikrda.

FRG rasmiylari hozircha sodir bo‘layotgan hodisalarni izohlamayapti. BBC News Namibiya uchun kompensatsiya to‘lovi boshqalarga ham o‘rnak bo‘lishi mumkinligini eslatib qo‘ydi: sobiq mustamlakachilarning birortasi bir asr avvalgi voqealar bo‘yicha qo‘l ostida bo‘lgan davlatlar bilan muzokaralarga kirishmagan.

1904-1908-yillarda zamonaviy Namibiya hududi Germaniyaning Janubi-G‘arbiy Afrikasi tomonidan ishg‘ol qilingan. O‘shanda Germaniya ekspeditsiya kuchi afrika qabilalari qo‘zg‘olonini bostirdi. Keyin ular mamlakat aholisining aksariyat qismini tashkil etdilar. Nemis hukumati tirik qolganlarni sahroga «haydab yubordi» – ko‘pchilik u yerda ochlikdan o‘lgan yoki konsentratsiya lagerlariga jo‘natilgan. Tarixchilar fikriga ko‘ra, gerero qabilasining 65 dan 80 minggacha vakili va Nama qabilasining 20 mingga yaqini vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring