Natsistlar nega aynan Argentinaga qochgan?
Urushdan so‘ng natsistlar jazolangan, biroq ularning ko‘pchiligi juftakni rostlab qolishga muvaffaq bo‘lishgan. Ular turli mamlakatlarga borib joylashgan. Aynan Argentina Uchinchi reyx malaylari uchun «jannat»ga aylangan. «Rambler» nima uchun natsistlar aynan bu mamlakatni tanlagani haqida hikoya qiladi.
Qalbaki hujjatlar
Albatta, gitlerchilar turli mamlakatlarga tarqalib ketishgan, biroq aksariyati Argentinadan qo‘nim topishgan. U yerda ularni o‘zgacha mehmondo‘stlik bilan qarshi olishgan. O‘shanda mamlakat yetakchisi Gitlerning sodiq malaylaridan biri edi. Shuningdek, ularga Qizil xoch ko‘ngillilari ham yordam qo‘lini cho‘zishgan. Ular nemislarga Germaniyadan chiqib ketish uchun qalbaki hujjat tayyorlashgan. Ba’zilari dastlab Italiyaga, so‘ng u yerdan Argentinaga o‘tib ketishgan. Tarixchilar fikricha, AQSh bilan Buyuk britaniyaning o‘zi qalbaki hujjatlarga ko‘ra qariyb 8 ming natsistni yanglishib qabul qilgan.
Argentinaga nima bo‘pti?
Lotin Amerikasidagi bu mamlakat urush davomida rasman betaraflikni saqlab qolgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, u Germaniya bilan do‘stona munosabatda ekan. Argentina banklari nemislar bilan hamkorlik qilgan, Berlinga esa qimmatbaho metallar yetkazib berilgan, natsistlarning suvosti kemalari esa ushbu mamlakat qirg‘oqlarida bemalol qoldirilgan. Ikkinchi Jahon Urushi boshlangunga qadar u yerda yarim million nemis bo‘lgan. Ularning aksariyati keskin qarashlarni qo‘llab-quvvatlashgan. Tarixchilar taxminicha, natsistlar shu yo‘l bilan o‘zlariga «xavfsizlik yostiqchasi»ni yaratishgan: kerak paytda juftakni rostlab qochib qolish uchun.
60-90-yillarda ko‘p natsistlar o‘zini o‘zi fosh qilib qo‘yishgan. Dastlab razvedka Argentinada yashayotgan Adolf Eyxman haqida boxabar bo‘ladi. Isroillik ko‘ngillilar uni qo‘lga tushirib, mamlakatdan olib chiqishadi. Keyinchalik u oliy jazoga hukm etiladi. 90-yillarda Erix Pribke intervyu beradi. Aynan u Argentinani natsistlar uchun «jannat» joy deb aytgan. Erixni Italiyaga qaytarishadi, biroq hukm o‘qilmaydi. U umrining oxirigacha uy qamog‘ida yashagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter