Muzlik davri: 20 ming yil avval Yer harorati qancha bo‘lgan?
Bundan 20 ming yil avval, Muzlik davrida Yer yuzasining o‘rtacha harorati qancha bo‘lgani aniqlandi. Tadqiqot-maqola «Nature» jurnalida yoritildi.
Qariyb 20 ming yillar burun so‘nggi muzlik davri avjiga chiqqan edi. AQShning Arizona universiteti olimlari toshga aylanib qolgan okean planktonlarini o‘rganib, o‘sha davrlarda tirik organizmlar qanday haroratda umrguzaronlik qilishganini hisoblab chiqishdi. Keyin esa zamonaviy ob-havoni aniqlashga o‘xshash model yaratishdi.
Aniqlanishicha, 20 ming yil avvalgi harorat Selsiy bo‘yicha o‘rtacha 7,8 daraja, ya’ni hozirgidan 6 daraja past bo‘lgan. Ekvator, tropik va qutb mintaqalaridagi harorat ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farq hozirgisidan kattaroq ekani ham oydinlashdi. Masalan, Arktikada hozirgidan 14 daraja sovuqroq iqlim hukm surgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter