Muxolifat Lukashenkoning prezidentlik saylovida qatnashishiga ruxsat bermoqchi
Belarus muxolifati mamlakatning amaldagi prezidenti Aleksandr Lukashenkoning davlat rahbarligi uchun yangi saylovda qatnashishiga to‘sqinlik qilmoqchi emas.
Hukumat transferi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash prezidiumi a’zosi Mariya Kolesnikova Belarusning har bir fuqarosi saylovlarda hech qanday to‘sqinliklarsiz qatnashish huquqiga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.
Shunga qaramasdan, Lukashenko bu taklifni qabul qilishiga muxolifat ishonmayapti.
Aleksandr Lukashenkoning amaldagi prezidentlik vakolati muddati 2020-yilning 5-noyabrida nihoyasiga yetadi. Shundan so‘ng muxolifat «xalqaro standartlarga qat’iy rioya qilgan holda, chet ellik kuzatuvchilarni chaqirib» saylov o‘tkazmoqchi.
Albatta, kech kuzgi saylovlar o‘tkazilgan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi tarkibi butunlay yangilanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter