Yerevanda yana namoyishlar boshlandi
21-aprel kuni tongda Armaniston poytaxti Yerevan shahrida muxolifat tarafdorlari namoyishlarning yangi to‘lqinini boshlashdi. Bu haqda «TASS» agentligi xabar bermoqda.
Agentlik muxbirining voqea joyidan bergan xabariga ko‘ra, namoyishchilar bir nechta markaziy ko‘chani to‘sib qo‘yib, harakatni izdan chiqarishga uringan.
Muxolifat lideri David Sanasaryan namoyishlar faqat Yerevan bilan cheklanmasligini va butun respublika bo‘ylab o‘tkazilishini ma’lum qildi. Ammo u va uning bir qator sheriklari Amiryan ko‘chasida politsiya tomonidan hibsga olingan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 16-aprelida mamlakat sobiq prezidenti Serj Sargsyanning bosh vazir lavozimiga tayinlanishiga qarshi Armaniston bo‘ylab keng ko‘lamli norozilik namoyishlari boshlanib ketgan edi. 17- aprelda esa mamlakat parlamenti Sargsyanni mamlakat bosh vaziri etib sayladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter