Munosabatlar keskinlashganda: Shimoliy Koreya yangi taktik qurolni sinovdan o‘tkazdi
Shimoliy Koreya yangi taktik qurolni sinovdan o‘tkazdi. Koreya markaziy telegraf agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, sinov muvaffaqiyatli bo‘lgan. Sinovda KXDR yetakchisi Kim Chen In shaxsan ishtirok etgan.
«Taktik qurolning yangi turi... uzoq masofaga otiladigan ilg‘or artilleriya bo‘linmalari quvvatini va taktik yadroviy raketalarning samaradorligini sezilarli darajada oshirish uchun zarurdir», deyiladi agentlik hisobotida.
Kim Chen In KXDRning mudofaa qobiliyatini oshirish va yadroviy kuchlarni rivojlantirishni buyurgan.
Mazkur sinov fonida Janubiy Koreya tomoni Shimol tomonidan Yapon dengiziga snaryadlar otilganini ma’lum qilgan. Ular 25 kilometr balandlik va 110 km uzunlikda uchgan.
Eslatib o‘tamiz, ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi munosabatlarga hozirda havas qilib bo‘lmaydi. Avvalroq, Kim Chen Inning singlisi tahdidli bayonot bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter