«Tolibon» O‘zbekiston bilan chegaradosh Mozori Sharifni bosib oldi
OAV xabariga ko‘ra, «Tolibon» harakati O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lgan Mozori Sharif shahrini bosib oldi.
Balx viloyatining markazi hisoblangan ushbu shahar Termizdan atigi 1 soatlik masofada joylashgan. Shahar hukumati taslim bo‘lgan va qochib ketishga tushgan.
Norasmiy xabarlarga ko‘ra, shahardagi o‘zbek generali Adburrashid Do‘stum ham Hayraton ko‘prigi orqali O‘zbekistonga qochib o‘tgan. Ayni paytda ko‘prikda ko‘plab qochoqlar O‘zbekistonga kirish uchun to‘planib turishibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter