Mozambikda to‘fon 446 inson hayotiga zomin bo‘ldi
Mozambikdagi vayronkor to‘fon qurbonlari soni 446 nafarga yetdi. «Mamlakat yer, atrof-muhit va qishloq taraqqiyoti vaziri Selsu Korreyu shu haqda ma’lumot berdi», deyiladi «CGTN» xabarida.
Avvalroq Mozambik, Zimbabve va Malavi to‘fon ta’sirida qolgani ma’lum qilingandi.
Tabiiy ofatning asosiy zarbasi aynan Mozambikda kuzatildi. Mamlakatning turli hududlarida kuchli suv toshqinlari ro‘y bergan. Xavfli hududlarda 500 ming aholi borligi aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter