Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvaga Londondan zarba berishga qodir bo‘lgan Amerika quroli haqida ma’lumot berildi

Moskvaga Londondan zarba berishga qodir bo‘lgan Amerika quroli haqida ma’lumot berildi

Foto: U.S. Army Space and Missile Defense Command

Amerika armiyasi ixtiyorida uzoq masofali giperovozli qurol (LRHW) paydo bo‘ladi, deb yozadi Popular Mechanics jurnalida muallif Kayl Mizokami.

Publitsist raketaning tovush tezligidan o‘n yetti marta tezroq uchishi va kamida 1725 mil (taxminan 2776 kilometr) masofadagi nishonlarga zarba berishga qodir ekanligiga e’tibor qaratmoqda.

«Rossiya LRHWdan, masalan, Xitoychalik himoyalana olmaydi. Yevropadan, xususan, Londondan uzoq masofali gipertovushli qurollar sharqdagi maqsadlarga, Moskvagacha etib borishi mumkin», deydi Mizokami.

Unga ko‘ra, Tinch okeanidagi hududlardan uchirilgan gipertovushli raketa Janubiy Koreya, Tayvan, Yaponiya, Filippin va Xitoydagi nishonlarga zarba bera oladi.

Mizokami LRHWni «tiyib turuvchi» vosita deb tasniflaydi, uning fikriga ko‘ra bu qurolli to‘qnashuvlar xavfini kamaytiradi. Raketani sinovdan o‘tkazish 2023 yilga rejalashtirilgan, deydi publitsist.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring