Moskvaga hujum paytida Putin qayerda edi? Peskov javob berdi
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvaga dronlar hujumi paytida qayerda bo‘lgani haqida ma’lumot berdi.
«Men sizga shuni aytaman: Rossiya Federatsiyasi prezidenti haqiqatan ham kechayu kunduz ishda bo‘ladi.
Hujum payti ham ishda edi», dedi Peskov jurnalist Zarubinning Moskvaga uchuvchisiz samolyot hujumi kuni davlat rahbarining ishi haqidagi savoliga javoban.
Ushbu savol-javob Rossiya davlat telekanallarining birining ko‘rsatuvida ochiqlangan.
G‘arb, xususan Ukraina OAVlarida Putin ko‘p vaqtida qattiq qo‘riqlangan holatda va bunkerda o‘tkazayotgani bo‘yicha ma’lumotlar yangraydi.
Shu yilning 30-may kuni Rossiya poytaxtiga dronlar hujumi uyushtirildi. Rossiya bunda Ukrainani ayblab chiqdi.
Prezident Putinga ko‘ra, mazkur hujum Ukraina harbiy razvedka shtabiga berilgan zarbaga javobdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter