Moskvada o‘zbeklar jamiyati rahbari qo‘lga olindi
Moskvada ijtimoiy tarmoqlarda «frontdagi xo‘rozlar» haqidagi posti tufayli o‘zbek jamiyati rahbari Usmon Baratovga nisbatan ish ochildi.
Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining xabariga ko‘ra, u Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 282-moddasida (nafrat yoki adovatni qo‘zg‘atish, shuningdek inson qadr-qimmatini kamsitish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinmoqda.
«Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil dekabr oyida Baratov va boshqa shaxslar ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifalarida Rossiya Federatsiyasi fuqarolari, shu jumladan, maxsus harbiy operatsiya ishtirokchilarining qadr-qimmatini kamsituvchi postni joylashtirgan», deyiladi Tergov qo‘mitasi xabarida.
Shuningdek, Usmon Baratov Moskva Tergov qo‘mitasi bo‘limiga olib kelingani xabar qilingan. Mazkur jinoyatni sodir etishga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.
Baratov avvalroq ijtimoiy tarmoqda tuxum narxi haqida quyidagi postni joylashtirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter