Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvada ommaviy mushtlashganlar O‘zbekistonga deport qilinadi

Moskvada ommaviy mushtlashganlar O‘zbekistonga deport qilinadi

O‘zbekiston va Tojikistonning 100 dan ortiq fuqarolari Moskvada ommaviy mushtlashgani uchun o‘z vatanlariga deport qilinadi. Bu haqda poytaxt sudi shunday hukm chiqargan.

Sud xabariga ko‘ra, bu muhojirlar ayni paytda Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik ushlab turish markazida bo‘lib, 90 kunni o‘sha yerda o‘tkazishadi, keyin deport qilinadi.

O‘zbekistondan 70, Tojikistondan 60 nafar migrant o‘rtasidagi mushtlashuv shu yil 1 aprelda bo‘lib o‘tgandi. Janjalga «ahmoq» degan so‘z sabab bo‘lgani aytilgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi xabariga ko‘ra, korxonada ishlovchi ikki xodim o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik oqibatida mushtlashuv yuz bergan va keyinchalik janjalga ikki tomondan ham ishchilar aralashib ketgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring