Moskvada jomadondan o‘zbekistonlik qizning jasadi topildi
![Moskvada jomadondan o‘zbekistonlik qizning jasadi topildi](https://static.xabaruz.com/crop/2/5/720_460_95_2519728373.jpg)
Illyustrativ surat
Rossiya poytaxti Moskva shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari jomadon ichida ikki ayolning jasadini topishdi. Bu haqda «New Inform» portali xabar berdi.
Aniqlanishicha, ikkala jasadning holati juda g‘alati. Ulardan birining shaxsi aniqlangan, O‘zbekistonda tug‘ilgan 20 yoshli qiz bir necha oy oldin Moskvaga kelgani ma’lum qilinmoqda.
Tergov natijalariga ko‘ra, jomadonni uning qo‘shnisi, Armaniston fuqarosi uydan uloqtirib yuborgan. Bu erkak jinsiy zo‘ravonlikda gumon qilinmoqda. Ikkinchi jasadning shaxsini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter