Moskvada ikki bola o‘lgan otasi bilan qulflog‘liq kvartirada qolib ketdi
Moskva janubi-sharqida ikki bola o‘lgan otasi bilan kvartirada qulflangan holda topildi.
Hodisa 4 noyabr kuni yuz bergan. Shaharning Shosseynaya ko‘chasidagi 14-uyda yashovchi fuqarolar birinchi qavatdagi xonadonda bir necha soatdan beri bolalar yig‘layotganini, biroq eshikni hech kim ochmayotganini aytib, politsiyaga murojaat qilishgan.
Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari xonadonga kirishga muvaffaq bo‘lgan. U yerda ular egizak bolalar va ularning onasini topdilar. Ayol atrofda sodir bo‘layotgan voqealarni anglamaydigan darajada karaxt ahvolda bo‘lgan. Oshxonadan 27 yoshli erkakning jasadi, bolalarning otasi topilgan.
Mutaxassislar qayd etishicha, jasadda zo‘ravonlik alomatlari yo‘q. Erkak giyohvand moddalarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilgani natijasida o‘lgan bo‘lishi mumkin.
Bolalar tekshiruv uchun shifoxonaga olib ketilgan. Kelajakda nazorat organlari ularning onasini onalik huquqidan mahrum qilish yoki yo‘qligini hal qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter