Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvada bir kunda 124 kishi halok bo‘ldi

Moskvada bir kunda 124 kishi halok bo‘ldi

Foto:«BBC»

Moskvada so‘nggi sutka ichida koronavirus bilan kasallangan 124 bemor vafot etdi. Iyun oyida oltinchi marta shaharda COVID-19dan kunlik o‘lim darajasi maksimal darajaga yetdi. Bu haqda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat  bo‘yicha tezkor shtab xabar bermoqda.

Avvalgi maksimal ko‘rsatkich 27 iyun kuni qayd etilgan, o‘shanda kasallik 114 kishining o‘limiga olib kelgan.

Jami qurbonlar soni 22210 nafarni tashkil etadi. 

Moskvada bir kunda 7246 nafar aholi koronavirus bilan kasallangan, 4 433 nafar bemor tuzaldi. Rossiya poytaxtida jami 1 million 148 ming 291 kishi COVID-19ni yengishga muvaffaq bo‘ldi.

Moskvada iyun oyidan koronavirus bilan bog‘liq vaziyat jiddiylasha boshladi. Natijada shahar ma’muriyati yangi cheklovlarni kiritishga majbur bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring