Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvada 32-qavat balandligida ishlayotgan kranchi jaziramada vafot etdi

Moskvada 32-qavat balandligida ishlayotgan kranchi jaziramada vafot etdi

Foto: Mash telegram-kanali

Moskvaning Danilov tumani High Life turarjoy majmuasi qurilishida baxtsiz hodisa yuz berdi. Qurilish krani kabinasida kranchi hushidan ketgan — kran to‘xtab qolgani sababini bilish uchun tepaga ko‘tarilgan hamkasbi uni shu alfozda uchratgan.

Kuchli shamol tufayli qutqaruvchilar kran kabinasiga chiqish uchun vaqt yo‘qotishdi. FVV xodimlari 32-qavat balandligiga ko‘tarilishganida, kranchining joni uzilgan edi, deya xabar berdi REN-TV.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, kuchli issiq tufayli kranchining yuragi to‘xtab qolgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Rossiyaning bir qator hududlarida anomal jazirama hukm surmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring