Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moldovaning sobiq prezidentiga yangi ayblov qo‘yilmoqda

Moldovaning sobiq prezidentiga yangi ayblov qo‘yilmoqda

Foto: RIA Novosti.

Moldova sobiq prezidenti Igor Dodon soxta tibbiy ma’lumotnoma tayyorlash, saqlash va undan foydalanish bo‘yicha yana bir jinoiy ish bo‘yicha ayblanuvchi bo‘ldi, deb yozadi «RIA Novosti» mamlakatning korrupsiyaga qarshi prokuraturasiga asoslanib.

«Tergov davomida Oliy sud tomonidan ko‘rib chiqilgan jinoyat ishi bo‘yicha «mamlakatdan tashqariga chiqmaslik majburiyati» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan Moldova Respublikasining sobiq prezidenti yolg‘on xabar taqdim yetgani aniqlandi», — deyiladi vazirlik bayonotida.

Dodon voyaga yetmagan o‘g‘lini davolash bahonasida Ruminiyaga borishga ruxsat olish uchun sertifikat olishga uringan.

2022-yil may oyi oxirida Dodon huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan passiv korrupsiya, noqonuniy boylik orttirish, davlatga xiyonat va jinoiy guruh tomonidan siyosiy partiyani moliyalashtirishda gumonlanib ushlangandi. 

Dastlab siyosatchi uy qamog‘iga olingan, biroq keyinchalik unga mamlakatdan chiqib ketishni taqiqlash chorasi qo‘llanilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring