Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moldovada 30 dan ortiq Rossiya saytlariga kirish cheklandi, sababi ma’lum...

Moldovada 30 dan ortiq Rossiya saytlariga kirish cheklandi, sababi ma’lum...

Moldova axborot va xavfsizlik xizmati Rossiyaning 30 dan ortiq ommaviy axborot vositalari saytlariga taqiq qo‘ydi.

Ushbu qaror «qora ro‘yxat»ga tushgan OAV Moldovada konstitutsiyaviy tuzumga qarshi harakatlar sodir etayotgani, dezinformatsiya vositasida ziddiyat va keskinlikni keltirib chiqarishga urinayotgani bilan izohlangan. 

Moldova hukumati cheklov qo‘ygan Rossiya axborot manbalari orasida TASS, «Interfaks», «Regnum» agentliklari, «Vedomosti», «Izvestiya», «Rossiyskaya gazeta», «Komsomolskaya pravda», «Argumenti i fakti», «Moskovskiy komsomolets» gazetalari,  «Lenta.ru» elektron nashri hamda «Sputnik» radiosi bor.

Tahlilchilar mazkur OAVning aksari Kremlga yaqin ekani va Ukraina bosqinini ham rasmiy Moskva pozitsiyasidan yoritishiga e’tibor qaratgan.

Moldova 2022 yil 16 dekabr kuni ham Ukrainadagi hodisalarni noto‘g‘ri yoritgani uchun Rossiya dasturlarini qayta ko‘rsatuvchi oltita mahalliy telekanalning litsenziyasini to‘xtatib qo‘ygan edi.

Rasmiy Kishinyov Moskva mamlakatda davlat to‘ntarishi va qo‘poruvchilik harakatlariga hozirlik ko‘rayotgani haqida aytib keladi.

AQSh ham Rossiya razvedkasiga aloqador shaxslar Moldovada ommaviy namoyishlar o‘tkazish orqali hukumatni ag‘darish va davlat tepasiga kremlparast ma’muriyatni keltirishni ko‘zlayotganidan ogohlantirgan.

Oq uy fikricha, Kreml Moldovadagi barqarorlikni izdan chiqarish uchun dezinformatsiya, soxta axborotlardan ham foydalanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring