Moldova MDH doirasidagi kelishuvlardan chiqa boshladi
Moldova MDH doirasidagi kelishuvlarni denonsatsiya (davlatning o‘zi tuzgan xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda rad etishi) qilish jarayonlarini boshladi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri va Yevropa integratsiyasi vaziri Nikolay Popesku ma’lum qildi.
«Moldovaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi, barcha tashqi siyosiy maqsadlari va xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki Yevropa integratsiyasi maqsadiga bo‘ysunishini anglatadi. Shubhasiz, bizning maqsadlarimizga to‘g‘ri kelmaydigan MDH kelishuvlaridan chiqish davom etadi», — deydi Popesku.
Uning ta’kidlashicha, respublikaning mustaqillik yillarida imzolagan 330 ta shartnomaning ko‘pchiligi Moldova manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi yoki amalda qo‘llanilmaydi.
O‘z navbatida, Moldova prezidenti Mayya Sandu MDH bilan aloqalarni davom ettirish tarafdori ekanligini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat Yevropa Ittifoqiga a’zolikka nomzod maqomini olgandan keyin ham MDH bilan pragmatik hamkorlikni davom ettirish zarur. Ammo Moldova rahbari MDH majlislarida biror marta ham qatnashmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter