Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mo‘g‘ulistonda davlat xizmatchilariga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi

Mo‘g‘ulistonda davlat xizmatchilariga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi

Foto:«CA-News»

Mo‘g‘ulistonda 30-maydan davlat xizmatchilariga ijtimoiy tarmoqlar — «Facebook», «Twitter» va «YouTube»dan foydalanishni taqiqlovchi qaror kuchga kirdi. Bu haqda «Ca-news.org» sayti xabar bermoqda.

Qaror shu yil 23-may kuni qabul qilingan edi. Bu taqiq davlat xizmati portallariga kiberhujumning oldini olish va hukumat axborot tarmoqlarining xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Taqiqlash taklifi Aloqa, ijtimoiy va axborot texnologiyalari boshqarmasi taklifiga binoan amalga oshirilgan.

Mo‘g‘uliston umumiy razvedka boshqarmasi taqiqning ijrosini nazorat qilishga ko‘maklashadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring