MMA jangchisi Ukrainadagi urushda halok bo‘ldi
Ukraina Qurolli Kuchlari tomonida jangovar harakatlarda qatnashgan polshalik MMA jangchisi Tomash Valentek halok bo‘ldi.
Bu haqda Polsha MMA federatsiyasiga tayanib, Strana.ua xabar berdi.
«Biz polshalik ko‘ngilli sifatida Ukraina mudofaa legioni safida jang qilgan va shu yerda halok bo‘lgan Tomashning o‘limi haqida xabar topdik», — deyiladi bayonotda.
Valentek havaskorlar o‘rtasidagi MMA turnirlarida qatnashgan. 2021-yilda u Glivitsadagi ikkinchi MMA turnirida g‘olib chiqqan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter