Mixail Mishustin Rossiya bosh vaziri bo‘ldi
Rossiya davlat dumasi bosh vazir lavozimiga tavsiya etilgan Mixail Mishustin nomzodini ma’qulladi.
Unga ko‘ra, 383 deputat Mishustin uchun ovoz bergan, 41 kishi betaraf qolgan, qarshilar esa yo‘q.
Kuni kecha Dmitriy Medvedev boshchiligidagi Rossiya xukumati iste’fo bergan, prezident Putin esa bosh vazir lavozimiga Federal soliq xizmati rahbari bo‘lib ishlab kelgan Mixail Mishustin nomzodini tavsiya etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter