Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq raisi 18 yilga «kesildi» — Qozog‘iston

Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq raisi 18 yilga «kesildi» — Qozog‘iston

Kecha, 24-aprel kuni Ostona shahar jinoyat ishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tumanlararo sudi Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (KNB) sobiq raisi Karim Masimovni 18 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Sobiq Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi davlatga xiyonat, hokimiyatni kuch bilan tortib olish, mansab vakolatini suiiste’mol qilishda aybdor deb topilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, Masimovga tegishli mol-mulk musodara qilinadi. Bundan tashqari u davlat xizmatidagi lavozimlarni egallash huquqidan umrbod mahrum etilgan.

Shuningdek, KNB raisining sobiq o‘rinbosari – Anuar Sadiqulov ham Massimov bilan bir xil moddalar bo‘yicha aybdor deb topilgan va 18 yil qamoq jazosiga mahkum etilgan. KNB raisining sobiq o‘rinbosari Daulet Yergojin hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olish va mansab vakolatini suiiste’mol qilishda aybdor deb topilgan. U 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

KNB rahbarining yana bir o‘rinbosari Marat Osipov mansab vakolatini suiiste’mol qilishda aybdor deb topilib, sud uni davlat xizmatida lavozim egallash huquqidan mahrum qilib, uch yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Masimov, Sadiqulov, Yergojin va Osipovlar unvonlari va davlat mukofotlaridan mahrum qilingan. Sud ushbu ishlar bo‘yicha davlat daromadi uchun 10 milliard tenge (21,9 million dollardan ortiq) va 24 million dollardan ortiq pul undirgan.

Ma’lumot uchun, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayevning 2022-yil 5-yanvardagi farmoni bilan Massimov mamlakatdagi notinchliklar tufayli KNB raisi lavozimidan ozod etilgan edi. Shundan so‘ng u 8-yanvar kuni Massimov davlatga xiyonatda gumon qilinib, hibsga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring