Eng ko‘p millionerlar qayerda yashaydi? (reyting)
«Wealth-X» konsalting kompaniyasi 2023-yilgacha millioner fuqarolari ulushi eng tez ko‘payadigan mamlakatlar reytingini e’lon qildi. Reytingni hisoblashda shaxsiy hisobida 1 milliondan 30 million dollargacha bo‘lganlar ko‘zda tutildi.
Yetakchi o‘nlikni Nigeriya boshqarmoqda — mamlakatda millionerlar soni 2023-yilgacha 16,3 foizga o‘sadi.
Ikkinchi o‘rindan o‘ninchi o‘ringacha quyidagicha ko‘rinish oldi: Misr (12,5 foiz), Bangladesh (11,4 foiz), Vetnam (10,1 foiz), Polsha (10 foiz), Xitoy va Keniya (9,8 foizdan), Hindiston (9,7 foiz), Filippin (9,4 foiz) va Ukraina (9,2 foiz).
2018-yil oxiriga kelib jahonda 1 milliondan 30 milliongacha mablag‘i bor kishilar soni 22,4 million nafarni tashkil etdi.
Bu insonlar shartli ravishda «High Net Worth» (HNW) deya toifalanadi.
Barcha HNW larning qariyb 75 foizi o‘n mamlakatda yashaydi: AQSh (8,6 mln. kishi), Xitoy (1,9 mln.), Yaponiya (1,6 mln.), Germaniya (1 mln.), Buyuk Britaniya (894 ming kishi), Fransiya (877,4 ming), Kanada (505 ming), Janubiy Koreya (476,7 ming), Avstraliya (473,6 ming) va Italiya (418 ming kishi).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter