Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliarderning yana bir merosxo‘ri mehmonxonada o‘lik holda topildi

Milliarderning yana bir merosxo‘ri mehmonxonada o‘lik holda topildi

Foto: «Daily Mail»

Amerikalik neft magnati, milliarder Jan Pol Gettining nevarasi va merosxo‘ri 52 yoshli Jon Gilbert Getti mehmonxonada o‘lik holda topildi. Bu haqda marhumning oila a’zolariga tayanib «Daily Mail» xabar berdi.

Getti oilasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, erkakning murdasi 20-noyabr kuni Texas shtatidagi San-Antonio mehmonxonasidan chiqqan. O‘limining aniq sababi hozircha ma’lum emas — murda tekshirilganidan so‘ng hammasi oshkor bo‘ladi. Biroq, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhumning tanasida qotillik izlari topilmagan.

Jon Gettining 25 yoshli qizi Ayvi hamda Piter va Billi ismli ukalari bor.

Nashrning ta’kidlashicha, 2015-yilda boshqa bir ukasi Getti Endryu olamdan o‘tdi — uni ham Los-Anjelesdagi uyida o‘lik holda topishgan. Endryu 47 yoshda edi. 2020-yil sentyabrda Jonning onasi Enn Gilbert Getti hayotdan ko‘z yumdi.

«Daily Mail» ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Getti oilasining umumiy mol-mulki 5 milliard dollarga baholanmoqda. Shundan taxminan 2 milliardi marhumning otasi, bastakor, investor va jamoat arbobi Gordon Gettiga tegishli.

Jan Pol Getti — amerikalik sanoatchi, tarixdagi dastlabki milliarderlardan biri, «Getty Oil» neft kompaniyasi asoschisi. U, shuningdek, Kaliforniyadagi eng katta san’at muzeyi — Los-Anjelesdagi Getti muzeyi asoschisi hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring