Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mikrobiolog qo‘l berib ko‘rishishdan batamom voz kechishni taklif qildi

Mikrobiolog qo‘l berib ko‘rishishdan batamom voz kechishni taklif qildi

Foto: «Bashinform»

London gigiyena va tropik tibbiyot maktabi mikrobiologi Beron Piot qo‘l berib ko‘rishishdan batamom voz kechishning afzalligi haqida gapirdi. Buyuk Britaniya qator yurish-turish an’analarini (xususan, qo‘l berib so‘rashishni) o‘zgartirishni o‘ylab ko‘rishi kerak, shunda bo‘lg‘usi epidemiyalarning oldi olinadi, deydi olim.

«The Daily Telegraph» yozishicha, Piot muqobil taklif sifatida yaponcha salomlashishni ilgari surgan. Qolaversa, yuqumli kasalliklar mavsumida niqob taqish, masofani saqlash qoidalari saqlab qolinsa yaxshi bo‘lardi,deydi u.

O‘z gaplarining tasdig‘i sifatida olim Avstraliyadagi vaziyatni misol keltirdi. Mutaxassisning kuzatuvlariga ko‘ra, bu mamlakatda gripp va boshqa yuqumli kasalliklar bilan og‘rish kamayib bormoqda. Chunki ijtimoiy masofani saqlash qoidalari qat’iy o‘rnatilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring