Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarni ogohlantirdi

Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarni ogohlantirdi

O‘zbekiston  Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada vaqtincha ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat qildi.

«Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli hududlarga jalb qilish haqidagi da’vatlarga ergashmaslikni, ziddiyatli hududlarga bormaslikni va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so‘raymiz», deylgan murojaatda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring