«Microsoft» asoschisining 300 million yevrolik yaxtasi hozir qayerda?
«Microsoft» asoschilaridan biri — Pol Allenga qarashli hashamatli yaxta (narxi 300 million yevro) surati xorij OAVlarida paydo bo‘ldi. Xususan, «The Sun» nashri ushbu suratni chop etdi.
Fotosuratlarda «Octopus» superyaxtasining tashqi va ichki ko‘rinishi tasvirlangan. Yaxta 26 kishiga mo‘ljallangan. Unda jami 13 ta kayuta, ikkita vertolyot maydonchasi, tungi klub, basketbol maydoni, bir paytlar «The Rolling Stones» vokalchisi Mik Jagger faoliyat olib borgan ovoz yozish studiyasi bor. Qolaversa, suv osti dunyosini tomosha qiladigan tagi shaffof maydoncha, basseyn, gidromassajli vanna va kutubxonaga ega.
Ta’kidlanishicha, kemani suzishga tayyorlash uchun bo‘lg‘usi xo‘jayini 15 million yevro sarflashiga to‘g‘ri keladi. Ayni paytda kema Ispaniyaning Malaga shahridagi portda langar tashlab turibdi.
Nashr ma’lumot berishicha, «Octopus»da taniqli insonlar, biznesmenlar tez-tez mehmon bo‘lib turishgan. Masalan, «Microsoft»ning yana bir asoschisi Bill Geyts, «Yulduzlar jangi» rejissyori Jorj Lukas, «U2» musiqiy guruhi a’zolari va boshqalar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter