Mexiko yer usti metrosida halokat yuz berdi (video)
Meksika poytaxtida metroning 12-liniyasida metro vagonlari va yer usti ko‘prigining qulashi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi (Euronews oldinroq tarqatgan xabarda qurbonlar soni 15 nafar deyiladi), 65 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda BBC xabar berdi.
Mexiko meri Klaudiya Sheynbaumning aytishicha, halok bo‘lganlar orasida bolalar bor. Jarohatlanganlardan yetti nafari og‘ir ahvolda. Nobud bo‘lganlar soni oshishi mumkin, chunki vayrona tagida qolib ketganlar bo‘lishi ehtimoli bor.
Mamlakat ichki ishlar vaziri Alfonso Suares Del Real bayonot berishicha, baxtsiz hodisa mahalliy vaqt bilan soat 22:25 da sodir bo‘lgan. Poyezdning ikki vagoni ko‘prik bilan birga pastga qulab, kamida bitta avtomashinani bosib qolgan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, ko‘prikning qulashiga uning ustunlaridan biriga avtomobil kelib urilishi sabab bo‘lgan. Qolaversa, ko‘prik qurilishi davomida qurilish me’yorlari buzilishi haqida ma’lumotlar tarqagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter