Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi tasviri tushirilgan pul chiqarilishi mumkin

Messi tasviri tushirilgan pul chiqarilishi mumkin

Argentinada Lionel Messi tasviri tushirilgan banknotalar paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda Argentina millati banki (mamlakatning eng yirik banki) prezidenti Silvina Batakis aytib o‘tdi.

Mamlakat markaziy banki o‘tgan haftada 2000 pesolik banknotalarni muomalaga kiritishni ma’qullagan, hozir esa 10 minglik kupyuralarni muomalaga kiritish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Batakis inflyasiya sharoitida yangi banknotlar ishlab chiqarishni zarurat deb atadi.

«Bu ramziy banknot bo‘ladi. Masalan, Jahon chempionati bilan bog‘liq. Men Lionel Messi surati tushirilgan banknot chiqarishni istardim.

Bu mavzu tahlil qilinayotganini tushunaman, Prezident bugungi intervyusida ushbu mavzuni ochiq qoldirdi. Turli nomzodlar tahlil qilinmoqda. Yosh yigitlar Messi deyishmoqda, lekin Lionel Messi va Diyego Maradona tarafdorlari o‘rtasida kuchli tortishuvlar bor», — dedi Batakis Radio con Vos ga bergan intervyusida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring