Meksikadan AQShga ketayotgan qariyb 50 migrant halok bo‘ldi
Meksikaning Chyapas shtatida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida 49 kishi halok bo‘ldi, yana 58 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy hokimiyat axborotiga asoslanib Interfaks ma’lum qildi.
Shtat fuqarolik muhofazasi agentligi rahbari Luis Manuel Garsiya Milenio telekanalida Lotin Amerikasidan 100 dan ortiq muhojirni olib ketayotgan treyler keskin burilishi oqibatida ag‘darilib ketganini aytgan. Halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor.
Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlarning barchasiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, shifoxonalarga yetkazilgan.
Treylerda Markaziy Amerikadan AQShga ketayotgan asosan gvatemalalik muhojirlar bo‘lgan. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobilning tormozlari ishlamay qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter