Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksikada yangi prezident saylandi

Meksikada yangi prezident saylandi

Foto: «Anado‘lu»

Kecha, 1-iyul kuni Meksikada o‘tkazilgan prezident saylovida Andres Manuel Lopes Obrador 48 foiz ovoz olib, g‘alaba qozondi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

Aholisi 130 millionga yaqinlashgan va 89 milliondan ziyod saylovchisi bo‘lgan Meksikada kecha o‘tkazilgan saylovda saylash huquqiga ega fuqarolarning 62 foizi qatnashgan.

Milliy saylov instituti (INE) ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda Meksikada ovozlarni sanash jarayoni davom etayotir. Lekin bu 48 foiz ovoz olgan Obradorning g‘alabasiga ta’sir qilmaydi. U Meksikaning yangi prezidenti bo‘ldi.

Obradorning raqiblari Rikardo Anaya Kortes 27 foiz, Xose Antonio Mid Kuribrena 17 foiz va Xayme Rodriges Kalderon esa 6 foiz ovoz olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring