Meksikada samolyot halokatga uchradi
Meksika g‘arbidagi Sinaloa shtatida tug‘ilishi kutilayotgan bolaning jinsini e’lon qilish marosimi chog‘ida kichik samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Excelsior gazetasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tashkilotchilar rejasiga ko‘ra, samolyot mehmonlar ustidan pushti yoki ko‘k tutun chiqarib uchib o‘tishi kerak edi. Parvoz paytida u pushti tutun chiqardi va balandlikni yo‘qota boshladi. Uchuvchi samolyotni o‘z yo‘lidagi daraxtlardan uzoqlashtirishga harakat qilgan, biroq manyovr natijasida samolyot qulab tushgan.
Ziyofat a’zolari voqeadan keyin qutqaruvchilarni chaqirishgan. 38 yoshli uchuvchi og‘ir yaralanib, shifoxonaga yetkazilgan. Keyinroq u kasalxonada vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter