Meksikada qurolli hujum: 15 kishi halok bo‘ldi

Meksika shimolidagi Monterrey shahrida uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, 9 kishi yaralandi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.
Neuvo Leon shtati bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra Monterrey shahridagi restoran va barlarga noma’lum kimsalar qurolli hujum uyushtirgan.
Mutasaddilar yaralanganlardan ayrimlarining ahvoli og‘ir ekani, shu bois halok bo‘lganlar soni ortishidan tashvish bildirishmoqda.
Voqea yuzasidan surishtiruv boshlab yuborildi.
Monterrey shahrida 2011 yili bir barga uyushtirilgan hujum oqibatida 20 kishi halok bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter