Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksikada ommaviy qirg‘in sodir bo‘ldi

Meksikada ommaviy qirg‘in sodir bo‘ldi

Foto: «AP Photo / Gustavo Aguado»

Meksikaning Xalisko shtatida yuz bergan qurolli hujum oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi va ikki kishi jarohat oldi, viloyat prokuraturasi tergov boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda «Milenio» gazetasi xabar berdi.

«Emiliano Sapata ko‘chasi yo‘lakchasida o‘qotar quroldan yaralangan 10 kishining murdasi topildi. Bundan tashqari, binoda ham bir yigitning jasadi chiqqan, aftidan, u voyaga yetmagan, u ham o‘qotar qurol yetkazgan jarohatdan vafot etgan», — deyiladi Xalisko shtati prokuraturasi saytidagi bayonotda.

Mahkama ma’lumotlariga ko‘ra, yana ikki kishi — ayol bilan bola o‘qotar quroldan jarohat olgan, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shtat prokuraturasi qirg‘in bo‘yicha tergov harakatlarini boshlab yubordi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, uchta avtomashinada qurollangan bir guruh odamlar yo‘l chetida spirtli ichimliklar iste’mol qilib olgan odamlarga qarata o‘t ochishgan, shundan keyin ular hujum joyidan qochib ketishgan. Hodisa sodir bo‘lgan hududda vertolyotlar ishtirokida harbiylar operatsiya olib bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring