Meksikada 101 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot quladi
Meksikaning Durango shtatida 101 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan «Aeromexico» aviakompaniyasi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar qildi.
Samolyot Durango ayeroportidan Mexikoga uchish chog‘ida qulab tushgan. Uning ichida 97 nafar yo‘lovchi va to‘rt nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Shtat gubernatori o‘zining «Tvitter»ida halokat natijasida hech kim halok bo‘lmagani, 80 kishi jabrlanganini ma’lum qilgan. Keyinroq 98 kishi shifoxonaga yotqizilgani aytilgan.
Ayni damda aviahalokat sabablari o‘rganilmoqda. Halokat joyida tezkor xizmat vakillari ishlamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter