Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksika prezidenti xitoyliklar qirg‘ini uchun uzr so‘radi

Meksika prezidenti xitoyliklar qirg‘ini uchun uzr so‘radi

Foto: «SupChina»

Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador 1911-yilda xitoylik muhojirlarni qatliom qilgani uchun rasman kechirim so‘radi. Bu haqda SupChina xabar bermoqda.

Rahbar buni Xitoyning mamlakatdagi elchisi Chjo Sinsyao ishtirok etgan marosimda bildirdi.

«Meksika davlati endi hech qachon irqchilik, kamsitish va ksenofobiyaga yo‘l qo‘ymaydi», — dedi siyosatchi.

Obradorning nutqida Meksika shimolidagi Torreon shahrida sodir bo‘lgan hodisa haqida so‘z boradi. U yerda 1911-yil 13-15-may kunlari 303 xitoylik irqchilik motivlariga ko‘ra qirib tashlangan. Ta’kidlanishicha, Torreonda xitoylik muhojirlarning avlodlari qolgan. Ular uchun prezidentning uzri muhim, deb xabar bermoqda SupChina.

Mahalliy aholi xulosasiga ko‘ra, Obradorning uzri fuqarolarga ajdodlari xotirasini yod etish imkonini berdi. Ularning fikricha, Xitoy jamoatchiligi bunday zo‘ravonlik Meksikada takrorlanmasligiga ishonchlari komil.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring