Medvedev Rossiyaning eng asosiy muammosini aytdi
Qashshoqlik Rossiya hukumati uchun asosiy muammo, bu omil jinoyatchilik, korrupsiya va millat salomatligi bilan bog‘liq. Bu haqda RF Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Rossiya OAVlariga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
«Qashshoqlik, kam daromad haqiqatan ham asosiy muammo, bu salomatlik, jinoyatchilik va boshqa qator muammolar shu bilan bog‘liq»,— degan rais o‘rinbosari jurnalistlarga.
«Agar inson muammolari haqida gapiradigan bo‘lsak, unda daromad, sifatli ta’lim va sog‘liqni saqlash muammosi, menimcha, birinchi raqamli muammo bo‘lib tuyuladi»,— deb xulosa qilgan siyosatchi.
Medvedevning fikricha, daromad muammosi asosiy hisoblanadi. Ammo boshqa qiyinchiliklar ham bor. Ular orasida u iqtisodiy rivojlanish muammosi, korrupsiya, texnologik qoloqlik muammolari, zamonaviy innovatsion iqtisodiyotga bo‘lgan ehtiyojni sanab o‘tgan.
Avvalroq, rossiyalik siyosatchi Vladimir Jirinovskiy prezidentlik lavozimini shoh yoki imperatorga o‘zgartirishni taklif qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter