Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«McDonald’s» kompaniyasi korporativ etikani buzgan prezidentni lavozimidan oldi

«McDonald’s» kompaniyasi korporativ etikani buzgan prezidentni lavozimidan oldi

Foto: «AP Photo»

«McDonald’s» korporatsiyasi o‘z rahbarini almashtirdi — Stiv Isterbrukning o‘rnini Kris Kempdzinski egalladi, bu haqda «RIA Novosti» kompaniya xabariga asoslanib ma’lum qildi.

«McDonald’s korporatsiyasi bugun shuni ma’lum qiladiki, direktorlar kengashi Kris Kempdzinskini kompaniya prezidenti va ijrochi direktori etib tayinladi, qaror zudlik bilan kuchga kiradi», — deyiladi xabarda.

Isterbrukning iste’fosiga kompaniya xodimasiga nisbatan korporativ etika (axloq)ni buzgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring