Mayk Pompeo vazir bo‘ladi
CIA direktori Mayk Pompeoning AQSh tashqi ishlar vaziri etib tayinlanishi Senatning tashqi munosabatlar qo‘mitasida 11 ovoz bilan tasdiqlandi. Qo‘mitaning 9 a’zosi qarshi ovoz berdi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Keyingi ovoz berish jarayoni Senatda bo‘lib o‘tadi. Senat Pompeoning nomzodini ma’qullasa, u juma kuni NATO yig‘ilishida tashqi ishlar vaziri sifatida qatnashadi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 13-mart kuni tashqi ishlar vaziri Reks Tillersonni ishdan bo‘shatib, uning o‘rniga CIA direktorini nomzod qilib ko‘rsatgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter