Masjidda portlash: 10 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonning Xost viloyatidagi masjidda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 34 kishi jarohatlanib shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Xost viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Habib Shoh portlash sodir bo‘lganini tasdiqladi. Uning aytishicha, portlash sodir bo‘lgan masjid saylovchilarni ro‘yxatga olish markazi bo‘lgan.
Afg‘oniston parlamenti hamda mahalliy kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovga shu yil 14 aprel kuni tayyorgarlik boshlangan edi.
Shundan so‘ng Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani «Tolibon» radikal harakatiga tinch yo‘l bilan saylovda ishtirok etishni taklif qilgan edi. Lekin toliblar buni rad etishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter