Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhur tadbirkorning qaysi kasallikdan vafot etgani oydinlashdi

Mashhur tadbirkorning qaysi kasallikdan vafot etgani oydinlashdi

Foto: «Blitznews.ru»

Adidas kompaniyasining sobiq egasi sifatida tanilgan fransiyalik tadbirkor Bernar Tapi 79 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda 3-oktyabr kuni tadbirkorning oilasi bergan ma’lumotga tayanib Le Temps xabar bermoqda.

«Dominik Tapi va uning bolalari 3-oktyabr, yakshanba kuni soat 08:40 da (Toshkent vaqti bilan 11:40) Bernard Tapining saraton kasalligidan vafot etgani haqida xabar berishmoqda», — deyiladi xabarda.

Tapi 2017-yildan beri oshqozon saratoniga qarshi kurashib kelgan, lekin tadbirkorning ahvoli kundan-kunga yomonlashib borgan.

Bernard Tapi — tadbirkor, jamoat va siyosiy arbob, Yevropa Parlamentining sobiq deputati. Adidas korporatsiyasi 1990-1993-yillarda unga tegishli bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring