Mashhur reperning plastik toji qariyb 600 ming dollarga sotildi
AQShda Sotheby’s auksionida eng taniqli reperlardan biri Notorious B.I.G o‘zining so‘nggi portretida «Nyu-York qiroli» sifatida rasmga tushgan plastikdan yasalgan mashhur toji qariyb 600 ming dollarga sotildi, deya xabar berdi «RIA Novosti».
Aksessuarning dastlabki bahosi 200-300 ming dollarni tashkil etgan. Natijada u 594 ming 750 dollarga sotildi. Ushbu toj bilan reper Notorious B.I.G 1997-yilda suratga tushgan. Oradan uch kun musiqachi o‘ldirib ketilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter