Markaziy Afrikada kema cho‘kib ketdi, kamida 60 kishi halok bo‘lgan
Markaziy Afrika Respublikasi poytaxti Bangi shahri yaqinida, Mpoko daryosida kema halokatga uchrashi oqibatida kamida 60 kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar berdi RFI radiostansiyasi.
Kema bortida taxminan 300 kishi bo‘lgan, ularning 100 ga yaqini qutqarilgan. Yo‘qolganlarni qidirish davom etmoqda.
Hukumat vakillari fojiaga sabab sifatida kemaga mo‘ljaldagidan ancha ko‘p odam ortilganini aytishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter