Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mariya Zaxarova: Polsha siyosatchilarining «qalbi qora»

Mariya Zaxarova: Polsha siyosatchilarining «qalbi qora»

Polsha siyosatchilari rusofobiya bilan «ruhning qoraligi» va kollektiv G‘arbning pullari tufayli shug‘ullanmoqda. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

«Bunday g‘ayratli, g‘azablangan rusofobiya, mamlakatimizga nafrat. Afsuski, so‘nggi o‘n yilliklarda bir qator polshalik siyosatchilar bu ishlarni o‘z qalblarining qoraligidan, kimdirlar esa jamoaviy G‘arbning puli uchun qildi. Hech kim buni yashirmaydi», – deydi Mariya Zaxarova.

Ma’lumot uchun, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning amaldagi raisi bo‘lgan Polsha Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni Polshaning Lodz shaharda bo‘lib o‘tadigan Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida ishtirok etishdan bosh tortgan.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring